Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Miryunusov Alisher Xabibullayevich tomonidan tumanda joylashgan “Radiks” dori vositalari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida korxonaning ishlab chiqarish faoliyati, mehnat sharoitlari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ishlab chiqarish jarayonlarining belgilangan tartib va talablar asosida tashkil etilgani ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, deputatlik nazorati doirasida korxonaning hudud obodonchiligi, ekologik holati, chiqindilarni boshqarish, mehnatni muhofaza qilish va aholi salomatligi bilan bog‘liq masalalarga ham e’tibor qaratildi.
📌 Deputatlik nazorati — muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, mas’ullar faoliyatiga baho berish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishga qaratilgan.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Zarur hollarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ularning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha tegishli choralar belgilanadi.