Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Saidaliyev Abrorxo’ja “Akbarobod” mahallasida bo‘lib, hududda “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
🔠Tashrif davomida mahalladagi mavjud holat, infratuzilmani yaxshilash, hududni obodonlashtirish, ko‘chalarni tartibga keltirish hamda aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalalari o‘rganildi.
✅Shuningdek, hududdagi mavjud muammolar va fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashilib, ularni manzilli va o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Bizni kuzatishda davom eting!