35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining "Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, qurilish, kommunal sohalar, sanoat va transport" masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“TABIIATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDAGI LIFTLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI OLDIDAN TARG‘IBOT-TASHVIQOT TADBIRLARI
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI OLDIDAN TARG‘IBOT-TASHVIQOT TADBIRLARI
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatining siyosiy partiya oldidagi mas’uliyati
DEPUTAT SO'ROVI
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Aralbaeva Inkar Karlibayevna deputatlik so‘rovi yoʻlladi.

📌 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Aralbaeva Inkar Karlibayevna tumanimizda fuqarolarning turmush sharoitlarini va Infratuzilmani yaxshilash masalalarini yanada takomillashtirish maqsadida “Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJ Taxiatosh tumani filiali boshlig‘i R.Djumaniyazovga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

⚡️ “Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJ Taxiatosh tumani filiali boshlig‘i R.Djumaniyazovga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat:
🟢Taxiatosh tumani “Jayxun” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Namuna va Ustozlar ko‘chalarida aholi uylarini doimiy ravishda ichimlik suvi bilan ta’minlash yoki eskirib qolgan suv quvirlarini yangisiga almashtirish yuzasidan aholi murojaatini qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqishni va o‘z nuqtai nazarini bayon qilishini so‘radi.

📥 Deputat Aralbaeva Inkar Karlibayevna mazkur so‘rov orqali mahalla aholisi uchun qulay yashash muhitini yaratish, Infratuzilmani yaxshilash, mahallalarda mavjud muammolarga e’tibor qaratish va ularni hal etish jarayonlarini tezlashtirishni maqsad qilgan.

✍️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Slide 1 of 2