35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining "Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, qurilish, kommunal sohalar, sanoat va transport" masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“TABIIATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDAGI LIFTLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI OLDIDAN TARG‘IBOT-TASHVIQOT TADBIRLARI
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatining siyosiy partiya oldidagi mas’uliyati
янв.21
YOSHLARGA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

#dayjest #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Ushbu faoliyatlar joylardagi dolzarb masalalarni aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.

🗓 17-avgust, dushanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Rasulov Chilonzor tumanidagi 183-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni joyiga chiqqan holda o‘rganadi.
🔍 Mas’ul: S. Irgashev

🗓 18-avgust, seshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Iftixor Ziyoyev 20-Foziltepa okrugida 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida bajarilgan ishlar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot beradi.
🔍 Mas’ul: D. Xashimov

🗓 19-avgust, chorshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov 31-Olim Xo'jayev saylov okrugidagi mahallalarda eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: J. G'ulomqodirov

🗓 20-avgust, payshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodira Egamberdiyeva 30-Komolon saylov okrugidagi mahallalarda eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: M.Yusupuv

🗓 21-avgust, juma kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Suhrob Saifnazarov 43-Do'stlik saylov okrugidagi mahallalarda eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: D. Ravshanbekov

💡 O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Olingan natijalar tahlil qilinib, kelgusi haftaning ustuvor vazifalari shakllantiriladi.

🔍 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

📌 Hududlarda olib borilayotgan tizimli ishlar orqali aholining muammolarini hal etish, ochiq muloqotni ta’minlash hamda samarali deputatlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1