35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kosiblar mahallasi xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi

Kosiblar mahallasi xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi

✅ Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Z. O‘zbekovaga biriktirilgan Kosiblar mahallasida xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi.

✅ O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash, ularning murojaatlarini o‘rganish, muammolarini aniqlash va hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

✅ Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, oilaviy va ijtimoiy masalalarda amaliy yordam ko‘rsatish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

✅ O‘rganish yakunida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning mavjud muammolarini joyida aniqlab, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar muntazam davom ettiriladi.

Slide 1 of 3