35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Otabek Usmonov o‘z saylov okrugidagi “Juma bozor” MFYda bo‘ldi.

Tashrif davomida mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, mahalla yettiligi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar bilan tizimli ishlash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Deputat tomonidan hududni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash va aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1