35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining "Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, qurilish, kommunal sohalar, sanoat va transport" masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“TABIIATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDAGI LIFTLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI OLDIDAN TARG‘IBOT-TASHVIQOT TADBIRLARI
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI OLDIDAN TARG‘IBOT-TASHVIQOT TADBIRLARI
янв.21
YOSHLARGA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI
DEPUTATLIK SO‘ROVI VA KENGASH QARORI — AMALIY NATIJA
#sessiya_oldi_masala
#ekspert_guruhi
#doimiy_komissiya
#yoshlar_maslahat_guruhi
#ijobiy
#tavsiyalar

DEPUTATLIK SO‘ROVI VA KENGASH QARORI — AMALIY NATIJA

Kogon shahrida aholi uchun muhim bo‘lgan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash masalalari Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi qarorlari hamda deputatlik nazorati asosida bosqichma-bosqich o‘z yechimini topmoqda.

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining 2026-yil 26-maydagi VII-28-69-2-208-K/26-sonli qarori bilan Kogon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki Manzilli ro‘yxat tasdiqlangan.

Mazkur Kengash qarori bilan tasdiqlangan Manzilli ro‘yxatga Temiryo‘lchi MFY hududidagi Zebiniso va Umid ko‘chalarini asfalt qilish ishlari ham kiritilgan.

Shu bilan birga, mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati D. Raximova tomonidan deputatlik so‘rovi yuborilib, hududdagi yo‘l holati va aholining murojaati deputatlik nazorati tartibida ko‘tarilgan.

Ya’ni, masala avvalo deputatlik so‘rovi orqali kun tartibiga olib chiqildi, Kengashning tegishli qarori bilan esa mazkur yo‘lni ta’mirlash Manzilli ro‘yxatga kiritilib, uning ijrosi ta’minlandi.

Natijada Temiryo‘lchi MFY hududidagi Zebiniso hamda Umid ko‘chalarining Temiryo‘l kasalxonasiga eltuvchi 500 metr qismi zamonaviy asfalt qoplamasi bilan ta’mirlandi.

Bu jarayon Kengash qarori → deputatlik so‘rovi → deputatlik nazorati → amaliy ijro tamoyili asosida aholi muammosining aniq natijaga aylanganini ko‘rsatmoqda.

Kengash tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning mazmun-mohiyati ham aynan shunda — hududdagi dolzarb masalalarni belgilash, ularni manzilli rejalashtirish va ijrosini ta’minlash.

Bugun foydalanishga topshirilgan yo‘lni esa endi asrash — barchamizning vazifamiz.

Yo‘l qoplamasiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, uning shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va obodonlashtirish ishlariga mas’uliyat bilan yondashish orqali ushbu infratuzilmani kelajak avlodga sifatli holda yetkazishimiz mumkin.

Kengash qarori bilan yaratilgan imkoniyatni asrash — kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizdir!

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram. Instagram. Facebook. Youtube. E-kengash
Slide 1 of 6