35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining "Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, qurilish, kommunal sohalar, sanoat va transport" masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“TABIIATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDAGI LIFTLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI OLDIDAN TARG‘IBOT-TASHVIQOT TADBIRLARI
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI OLDIDAN TARG‘IBOT-TASHVIQOT TADBIRLARI
янв.21
YOSHLARGA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI
Chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “S.Xondayliqiy” mahallasida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish va aholiga ko‘rsatilayotgan chiqindi tashish xizmati sifatini yaxshilash masalalari o‘rganildi.

🟢Aholi bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlar davomida chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha belgilangan grafik asosida amalga oshirilmayotgani haqida e’tirozlar bildirildi. Ayrim holatlarda chiqindilarning uzoq vaqt davomida olib ketilmasligi natijasida chiqindi to‘planib qolayotgani, bu esa hududning sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. Tumanda chiqindini tashish xizmatini ko‘rsatuvchi “Rahnamo Servis” MChJ mas’ullarining tushuntirishlari ham eshitilib, chiqindilarni belgilangan grafik asosida olib chiqib ketishda asosiy muammolardan biri tumanda chiqindi yig‘ish poligoni mavjud emasligi, maxsus chiqindi tashish texnikalari yetishmasligi ekani ma’lum qilindi. Har kuni 23 ta maxsus texnikalar ishga chiqayotganligi va 3 ta maxsus avtomashinalar ta’mirda ekanligi aniqlandi.

🟢Deputat aralashuvi bilan mahallaning yo‘l bo‘yidagi chiqindilari tozalandi. Korxonaning chiqindilarni tashish xizmatining sifatli va uzluksiz ko‘rsatish muhimligi ta’kidlanib, mavjud maxsus texnikalardan samarali foydalanish hamda yetishmayotgan texnikalarni bosqichma-bosqich ko‘paytirish bo‘yicha choralar ko‘rish zarurligi yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4