Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi O‘RQ–776-son “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni reklama sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, reklama yaratish, tayyorlash, joylashtirish va tarqatishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
янв.21
INFOGRAFIKA
янв.21
BUTUNJAHON TOZALIK KUNI: TOZALIK AKSIYASI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ZOMIN TUMANIDA “SHUKRONALIK” MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA UCHRASHUV
янв.21
Tuman mahalliy byudjetidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida
янв.21
21-SESSIYADA DEPUTAT SO‘ROVLARI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HUDUDLARDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING YANGI TIZIMI
янв.21
Doimiy komissiya qarori qabul qilindi
“DOLZARB 40 KUNLIK” DASTURI DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Dolzarb 40 kunlik” dasturi doirasida 6-Nurmakon saylov okrugi hududida obodonlashtirish, sanitariya-tozalash va hududlarni tartibga keltirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich hududda olib borilayotgan obodonlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etib, mahallalarni tartibga keltirish, yashil hududlarni parvarishlash hamda aholi uchun ozoda va qulay muhit yaratish bo‘yicha ishlarni joyida nazorat qilmoqda.

🤝Shu bilan birga, obod va fayzli mahalla yaratish faqat mutasaddi tashkilotlarning emas, har bir fuqaroning ham mas’uliyati ekani targ‘ib qilinmoqda. Har bir xonadon egasi o‘z uy-joyi atrofi, unga tutash hududlarni ozoda saqlashi, tozalikka rioya qilishi va mahalla obodonchiligiga o‘z hissasini qo‘shishi muhim.

🌱Zero, bugungi tozalik va obodonchilik — nafaqat o‘zimiz uchun, balki kelajak avlodga sog‘lom, ozoda va farovon muhit qoldirish uchun ham muhim qadriyatdir.

✅Hududdagi mavjud kamchiliklar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilmoqda.

👥Obod mahalla — har birimizning umumiy mas’uliyatimiz!

👥Mahallalarni yanada obod, fayzli va qulay maskanga aylantirishga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati ostida izchil davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2