Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi O‘RQ–776-son “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni reklama sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, reklama yaratish, tayyorlash, joylashtirish va tarqatishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
янв.21
INFOGRAFIKA
янв.21
BUTUNJAHON TOZALIK KUNI: TOZALIK AKSIYASI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA UCHRASHUV
янв.21
ZOMIN TUMANIDA “SHUKRONALIK” MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Tuman mahalliy byudjetidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida
янв.21
Doimiy komissiya qarori qabul qilindi
янв.21
21-SESSIYADA DEPUTAT SO‘ROVLARI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HUDUDLARDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING YANGI TIZIMI
EKOLOGIK BARQARORLIK VA JAMOATCHILIK TASHABBUSLARI
Yunusobod tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi O.R. Kashkarov Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.

🔠Yig‘ilish davomida O.R. Kashkarov chiqindilarni boshqarish va aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori Sh.Sh. Hasanovning ma’ruzasini tingladi.

👉Ma’ruzada mamlakatimiz hududlarining 80 foizi markazlashtirilgan kanalizatsiya tizimi bilan qamrab olinmagani qayd etilib, ushbu yo‘nalishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, jumladan, maxsus motoroller-assenizatorlar orqali eng chekka va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlariga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

✔️Shuningdek, O‘rung‘och ko‘li hududida tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Mazkur hududda O.R. Kashkarov tashabbusi bilan qo‘riqlanadigan tabiiy hudud — gidrologik tabiat yodgorligi tashkil etilgan.

📌Yig‘ilishning navbatdagi qismida ijtimoiy buyurtma asosida taqdim etilgan loyihalar ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, “Ekomaktab” NNTning “Ekomahalla” hamda “Qalb Ekologiyasi” NNTning “Toza mahalla – barqaror jamiyat” loyihalari muhokama qilindi.

✅O.R. Kashkarov mazkur ikki loyihani ekologik muhitni yaxshilash, mahallalarda ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda barqaror rivojlanishni ta’minlashdagi ahamiyatini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan moliyalashtirish uchun tavsiya etdi.

🌿Atrof-muhitni asrash, ekologik barqarorlikni ta’minlash va aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish — doimiy e’tibor va hamkorlikni talab etadigan muhim yo‘nalishdir.

Bizni kuzatishda davom eting!
Slide 1 of 2