Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi O‘RQ–776-son “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni reklama sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, reklama yaratish, tayyorlash, joylashtirish va tarqatishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
янв.21
INFOGRAFIKA
янв.21
BUTUNJAHON TOZALIK KUNI: TOZALIK AKSIYASI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ZOMIN TUMANIDA “SHUKRONALIK” MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA UCHRASHUV
янв.21
Tuman mahalliy byudjetidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida
янв.21
Doimiy komissiya qarori qabul qilindi
янв.21
HUDUDLARDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING YANGI TIZIMI
янв.21
21-SESSIYADA DEPUTAT SO‘ROVLARI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
🛒 Iste’molchilar huquqlari — deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini o‘rganish va mavjud muammolarni aniqlashga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8 fevraldagi 59-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq, chakana savdo obyektlarida sotilayotgan xalq iste’moli tovarlarining sifati va xavfsizligiga alohida e’tibor qaratish muhim.

🔎
O‘rganish jarayonida, jumladan:
▪️ tovarlarni saqlash sharoitlari;
▪️ mahsulotlarning markirovka talablariga muvofiqligi;
▪️ yaroqlilik muddatiga rioya etilishi;
▪️ kassa cheki berilishi;
▪️ iste’molchiga tovar haqida to‘liq va ishonchli ma’lumot taqdim etilishi;
▪️ zarur hollarda nazorat xaridi va laboratoriya testlarini tashkil etish holatiga e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar, tovarlar sifati bilan bog‘liq muammolar hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rilayotgan choralar o‘rganiladi.

🎯 Asosiy maqsad — aholining iste’molchilik huquqlarini ishonchli himoya qilish, sifatsiz va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan mahsulotlarning savdoga chiqarilishining oldini olish hamda tadbirkorlik subyektlarida qonuniy va halol savdo madaniyatini yuksaltirishdir.

Slide 1 of 1