Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi O‘RQ–776-son “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni reklama sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, reklama yaratish, tayyorlash, joylashtirish va tarqatishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
янв.21
INFOGRAFIKA
янв.21
BUTUNJAHON TOZALIK KUNI: TOZALIK AKSIYASI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ZOMIN TUMANIDA “SHUKRONALIK” MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA UCHRASHUV
янв.21
Tuman mahalliy byudjetidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida
янв.21
Doimiy komissiya qarori qabul qilindi
янв.21
HUDUDLARDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING YANGI TIZIMI
янв.21
21-SESSIYADA DEPUTAT SO‘ROVLARI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
Korrupsiyaga qarshi kurashish: Nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi

Mazkur tadbir korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsion omillarning oldini olish borasida dolzarb chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mavjud holatni tahlil qilish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni belgilash maqsadida tashkil etildi.

⏺Nazorat-tahlil tadbirida viloyat Kengashi deputati G.Kravchenya, viloyat prokurorining katta yordamchisi Sh.Xurramov, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Termiz shahar komissiyasi raisi D.Normuradova, komissiya a’zolari, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.

💬Tadbir davomida savdo kompleksida xizmatlar ko‘rsatish va tashkiliy jarayonlarda korrupsion omillarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, savdo kompleksi hududidagi avtoturargohni raqamlashtirish ishlarining tashkil etilishi, mavjud tartib va amaliyotning belgilangan talablarga muvofiqligi hamda ushbu jarayonda shaffoflikni ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

💬Shuningdek, avtoturargohdan foydalanish jarayonlarini raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish, xizmat ko‘rsatish jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsion holatlarning oldini olish imkoniyatlari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

💬Nazorat-tahlil yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda korrupsion xavflarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

🫥Bunday nazorat-tahlil tadbirlarining muntazam tashkil etilishi davlat va jamoat boshqaruvida shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish hamda fuqarolar va tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6