Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi O‘RQ–776-son “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni reklama sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, reklama yaratish, tayyorlash, joylashtirish va tarqatishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
янв.21
INFOGRAFIKA
янв.21
BUTUNJAHON TOZALIK KUNI: TOZALIK AKSIYASI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ZOMIN TUMANIDA “SHUKRONALIK” MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA UCHRASHUV
янв.21
Tuman mahalliy byudjetidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida
янв.21
Doimiy komissiya qarori qabul qilindi
янв.21
HUDUDLARDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING YANGI TIZIMI
янв.21
21-SESSIYADA DEPUTAT SO‘ROVLARI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
“YANGI HAYOT” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

“YANGI HAYOT” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Tumanda aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash, hududlarni “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”dagi namunali mahallalarga aylantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati – tuman hokimi Sh. Allamurotov tomonidan tumanning “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”dagi namunali mahalla sifatida tanlab olingan “Yangi hayot” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalla hududidagi tozalik va obodonlashtirish ishlari, ko‘chalar va yo‘laklarning holati, chiqindilarni olib chiqish, ko‘kalamzorlashtirish hamda hududni zamonaviy qiyofaga keltirish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida tegishli soha rahbarlari va mas’ullarga qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, mahalla hududida tozalikni ta’minlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi deputatlik nazorati doirasida nazoratga olindi.

“Yangi hayot” mahallasini zamonaviy, obod va namunali maskanga aylantirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3