Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi O‘RQ–776-son “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni reklama sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, reklama yaratish, tayyorlash, joylashtirish va tarqatishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
янв.21
INFOGRAFIKA
янв.21
BUTUNJAHON TOZALIK KUNI: TOZALIK AKSIYASI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ZOMIN TUMANIDA “SHUKRONALIK” MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA UCHRASHUV
янв.21
Tuman mahalliy byudjetidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida
янв.21
21-SESSIYADA DEPUTAT SO‘ROVLARI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Doimiy komissiya qarori qabul qilindi
янв.21
HUDUDLARDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING YANGI TIZIMI
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 22-Gulzor saylov okrugidan saylangan deputat E.Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev deputatning saylov okrugi hududidagi "Mustaqillik” mahallasida joylashgan 19-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik nazoratini amalga oshirdilar.

#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#162_ta_Qonun
#nazorat_tahlil

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 22-Gulzor saylov okrugidan saylangan deputat E.Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev deputatning saylov okrugi hududidagi "Mustaqillik” mahallasida joylashgan 19-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik nazoratini amalga oshirdilar.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga ta’lim-tarbiya berish jarayoni, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, tashkilotning moddiy-texnik holati hamda mavjud muammolar bilan tanishildi.

Shuningdek, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘RQ–595-son, 2019-yil 16-dekabr ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish olib borildi. O‘rganish jarayonida qonunda belgilangan talablarning amaliyotdagi ijrosi, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3