Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISMATULLA RAIMOV — YOSHLAR KAMOLOTIGA BAG‘ISHLANGAN UMR
янв.21
Deputat hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
PF–193-son Farmon ijrosi doirasida ishchi guruh faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ekologik nazorat to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
янв.21
Obodonlashtirish departamenti ishchi-xodimlari bilan tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
#Zomin_tuman_Kengashi #VM_qarori
янв.21
Hududlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, boshqa qonunchilik hujjatlari, Kengash reglamenti hamda Odob-axloq qoidalari talablariga qat’iy amal qilishi shart.
янв.21
Deputat nazorati: markaziy sayilgohdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
DEPUTATLAR TOMONIDAN QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda deputat M.X. Mirzayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori, Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash maqsadida hududda navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son Farmoni bilan belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihalarining borishi tahlil qilindi.

Jumladan, Marg‘ilon shahri markazidagi Mustaqillik va B. Marg‘iloniy ko‘chalari kesishmasida joylashgan mavjud yer osti piyodalar o‘tish yo‘lini rekonstruksiya qilish orqali 40 ta yangi savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini tashkil etish loyihasi joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Mazkur loyiha uchun 5,5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, uning amalga oshirilishi natijasida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholiga qulay xizmatlar ko‘rsatish hamda shahar infratuzilmasini yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 11-martdagi qarorida belgilangan vazifalarga muvofiq shahar markazini aholi yashashi va dam olishi uchun qulay hududga aylantirish, urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning amaldagi holati ham o‘rganildi.

Monitoring jarayonida qurilish ishlari atroflicha ko‘zdan kechirilib, ayrim kamchilik va muammolar mavjudligi aniqlandi. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda, sifatli va amaldagi me’yoriy talablar asosida yakunlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi hamda ushbu masala deputatlik nazoratida olib borilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan investitsiya va infratuzilma loyihalarini muntazam o‘rganish, ularning sifatli hamda o‘z vaqtida bajarilishi ustidan samarali deputatlik nazoratini ta’minlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 7