35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining "Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, qurilish, kommunal sohalar, sanoat va transport" masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“TABIIATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDAGI LIFTLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI OLDIDAN TARG‘IBOT-TASHVIQOT TADBIRLARI
янв.21
YOSHLARGA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI OLDIDAN TARG‘IBOT-TASHVIQOT TADBIRLARI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏗 "Chuqurko‘l" mahallasida olib borilayotgan qurilish ishlari deputatlik nazoratida

🔹 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov,Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 19-Sherobod saylov okrugi deputati A. Choriyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 11-Chuqurko‘l saylov okrugi deputati T. Shodiyev saylov okrugiga qarashli "Chuqurko‘l" mahallasida deputatlik nazorati amalga oshirildi.

📋 Nazorat davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son "Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

🌿 Xususan, "Chuqurko‘l" mahallasining sug‘orish tizimini yaxshilash maqsadida daryo qirg‘oqlarining 550 metr qismida olib borilayotgan betonlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Jarayonda bajarilayotgan ishlarning sifati, loyiha hujjatlariga muvofiqligi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan tahlillar o‘tkazilib, mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅ Deputatlik nazorati hududlarda amalga oshirilayotgan investitsiya va infratuzilma loyihalarining sifatli hamda samarali bajarilishini ta’minlash, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, shuningdek, fuqarolar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3