35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining "Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, qurilish, kommunal sohalar, sanoat va transport" masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“TABIIATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDAGI LIFTLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI OLDIDAN TARG‘IBOT-TASHVIQOT TADBIRLARI
янв.21
YOSHLARGA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatining siyosiy partiya oldidagi mas’uliyati
#haftalik_ish_reja #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🏛️Mahalla faollari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24-«Abdurahmon Jomiy» saylov okrugi deputati A.Tog‘aymuratov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov Termiz shahridagi «Abdurahmon Jomiy» mahallasida bo‘lib, mahalla faollarining bugungi kunda amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.
O‘rganish jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilangan «24 ta eng muhim yo‘nalish» mezonlari asosida tashkil etildi. Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni talablari ijrosi yuzasidan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Monitoring davomida mahalla faollarining aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, hududni obodonlashtirish hamda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi faoliyati o‘rganildi.
Shuningdek, mahallada olib borilayotgan ishlarning natijadorligi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud muammolarni bartaraf etish, Farmon talablarining to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash hamda mahalla boshqaruvi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Deputatlik nazorati tadbirlari davomida qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, mahalla institutining rolini yanada kuchaytirish hamda aholining farovonligini oshirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhim vazifa ekani alohida ta’kidlandi.