Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev, deputatlar Y.Berdiyarov, N.Turdiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D.Shakarboyevlar tomonidan Andijon mahallasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun barpo etilgan workout maydonchasining holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida maydonchaning texnik holati, sport jihozlarining yaroqliligi hamda foydalanish sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Natijada workout maydonchasi yaxshi holatda ekani va foydalanish uchun to‘liq yaroqli ekanligi aniqlandi.