Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
1. Mirzacho‘l tumanining 2025 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida.
2. 2025 yilga belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida;
3. 2024 yil davomida “Ayollar daftari”ning 5-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida.
Deputatlar tomonidan sessiya kun tartibiga kiritilgan boshqa barcha masalalar yuzasidan ham fikr mulohazalar bildirilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.