Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI ZOMIN TUMAN KENGASHINING OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
“HAMID OLIMJON” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
Doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib otdi.
янв.21
Сайловчилар билан учрашув бўлиб ўтди.
янв.21
Inson huquqlari - eng oliy qadriyat
янв.21
“Mahalla yettiligi” va saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashida deputatlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib otdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib otdi.
G‘oya-tashabbuslarimiz “yo‘l xaritasi”

G‘oya-tashabbuslarimiz “yo‘l xaritasi”

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari vakillari bizning elektoratimiz, bizga yaqin bo‘lgan insonlardir. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, videoselektor yig‘ilishda belgilangan vazifalar partiyamiz g‘oya va tashabbuslarini amalga oshirishda “yo‘l xaritasi” vazifasini bajaradi.

XDP Andijon viloyat Kengashidagi partiyamiz guruhi shahar, tumanlardagi deputatlik guruhlari bilan birgalikda yolg‘iz yashaydigan qariyalarning ahvoli, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va yordamlarning sifatiga doimiy e’tibor qaratib kelamiz.

Shuningdek, maktabga qatnash imkoni bo‘lmagan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish, birlamchi tibbiyot muassasalarida ko‘p bolali, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning holati kabi masalalarni uyma-uy o‘rganamiz. Yurtdoshlarimiz bilan suhbatlashganimizda ularning bugungi o‘zgarishlardan mamnunligiga guvoh bo‘lamiz va bu bizga kuch beradi.

13-dekabrda Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ehtiyojmand hamyurtlarimizga ko‘rsatiladigan xizmatlar va yordamlar natijadorligi yanada ortishini eshitib, ilhomlandik. Yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar kelgusi faoliyatimizda dasturulamal bo‘ladi.

Muqaddasxon SULTONOVA,

O‘zbekiston XDP Andijon viloyat kengashi raisi,

viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari.

Slide 1 of 1