«Ko‘chama-ko‘cha»
yurib, muammolar o‘rganilmoqda: Aholi murojaatlari e’tibor markazida
Piskent tumani
Kengashi deputatlari o‘z saylov okruglaridagi holatni bevosita joyiga chiqqan
holda, ya’ni «ko‘chama-ko‘cha» yurib o‘rganish va mavjud kamchiliklarni hal
etish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.
Mazkur
o‘rganishlar kotibiyat bosh mutaxassisi G.Xudoyqulovaga biriktirilgan 20-Kultepa
saylov okrugi deputati (XDP partiya guruhi a’zosi) G.G‘ulomxonova hududiga
qarashli Kultepa MFYda amalga oshirildi.
O‘rganish
jarayonida bir fuqaroning murojaati tinglandi. Fuqaro 4 nafar voyaga yetmagan
farzandi borligi, kenja farzandi 1 yoshda bo‘lganligi sababli ishlay
olmayotgani va turmush o‘rtog‘ining topayotgan daromadi oila ehtiyojlariga
yetmayotganini ma’lum qildi.
Fuqaroning
muammosini hal etish hamda tegishli choralar ko‘rish uchun u mahalla ijtimoiy
xodimiga yo‘naltirildi.
Aholining
muammolarini tinglash va ularga amaliy ko‘mak berish – doimiy e’tiborimizda.
Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati)
Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/
Instagram(https://www.instagram.com/piskent_tuman_kengashi?igsh=MXY1ZzNjYXhweG1oZw