Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KOTIBIYAT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH - MAHALLIY KENGASH FAOLIYATINING MUHIM ASOSI
янв.21
INSON MANFAATLARI USTUVOR - IJTIMOIY HIMOYA DAVLAT SIYOSATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” – mahalliy davlat hokimiyatini isloh qilishning yangi bosqichi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI VILOYAT (TUMAN, SHAHAR) KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI HAQIDA
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN MUNTAZAM UCHRASHUVLAR – DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Zomin tuman Kengashi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kengashi deputati hududdagi ijtimoiy xodim va xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengashi deputati tomonidan monitoring o‘tkazildi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati N.Oxunova tomonidan DMTTlarda monitoring tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
OCHIQ BOSHQARUV XALQ MANFAATLARINING MUSTAHKAM KAFOLATI
Sayyor o‘rganishda “Soya-salqin ko‘chalar” loyihasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan sayyor o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida Andijon shahar “Soy” MFY Ko‘nchilik ko‘chasida 300 metr masofada “Soya-salqin ko‘chalar” tashkil etish rejalashtirilgan hudud ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinib, loyihani belgilangan tartibda amalga oshirish uchun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash zarurligi ta’kidlandi.

Sayyor o‘rganishda doimiy komissiya raisi U. Shokirov, deputat A. Appaqov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Yusupov, Andijon shahar Ekologiya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari M. Zohidov hamda viloyat Ekologiya boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.

Hududlarni obod etish, yashil maydonlarni kengaytirish va ekologik barqaror muhitni yaratish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 3