Aholi turmush farovonligini yaxshilash, muammolarini joyida hal etish deputatlarninig ustuvor vazifasiga aylanmoqda.
Jomboy tumanida qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholiga munosib sharoitlar yaratish, ijtimoiy soha ob’yektlarining faoliyatini o‘rganish maqsadida 16-Halvoyi saylov okrugidan Xalq deputatlari viloyat Kengashiga O‘zLiDeP dan saylangan deputat Haydar Urakov Jomboy tumanidagi Shodlik, A.Navoiy va Guliston MFYlar va tumandagi 46 maktab va 56 IDUM ning faoliyatini o‘rgandi.
Xususan, H.Urakov umumta’lim maktabi va 56 IDUM ning issiqlik bilan ta’minlanganlik holatini o‘rgandi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Shuningdek, deputat A.Navoiy va Guliston MFYlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda nogironligi bor fuqarolarni qo‘llab quvvatlash maqsadida fuqarolar holidan xabar oldi.
Deputat aniqlangan muammolarni nazoratiga olib, o‘z tavsiyalarini berdi.
https://t.me/sam_vil_deputatlari