Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI VILOYAT (TUMAN, SHAHAR) KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI HAQIDA
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN MUNTAZAM UCHRASHUVLAR – DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Zomin tuman Kengashi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kengashi deputati hududdagi ijtimoiy xodim va xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengashi deputati tomonidan monitoring o‘tkazildi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati N.Oxunova tomonidan DMTTlarda monitoring tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
OCHIQ BOSHQARUV XALQ MANFAATLARINING MUSTAHKAM KAFOLATI
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati E.Eshkuziyev tomonidan “Zomin tuman Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasiga deputatlik soʻrovi yuborildi.
янв.21
Deputat yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
JAMOATCHILIK MUHOKAMASIGA QO‘YILDI
Hokim va Deputat Muloqoti: Fuqarolar Murojaatlari E’tiborda!

Hokim va Deputat Muloqoti: Fuqarolar Murojaatlari E’tiborda!

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 6-Obizarang saylov okrugidan saylangan deputat hamda Uzun tumani hokimi Xabibulla Bozorov o‘z saylovchilari va tuman aholisi bilan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

Xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tgan ushbu ochiq muloqotda 15 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan turli yo‘nalishlardagi muammolarini o‘rtoqlashdilar.

Qabul davomida deputat va tuman hokimi sifatida X.Bozorov fuqarolarning quyidagi masalalardagi murojaatlarini alohida nazoratga oldi:

🌱 Yer ajratish va tadbirkorlik;
💼 Bandlikni ta’minlash;
🤝 Ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
🏠 Uy-joy sharoitini yaxshilash;
🚰 Ichimlik suvi ta’minoti va boshqa hayotiy masalalar.

Muloqot davomida ko‘tarilgan muammolarning ayrimlari joyida hal etilgan bo‘lsa, yechimi vaqt va mablag‘ talab qiladigan qolgan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga aniq muddatli topshiriqlar berildi