Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN MUNTAZAM UCHRASHUVLAR – DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Zomin tuman Kengashi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kengashi deputati hududdagi ijtimoiy xodim va xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengashi deputati tomonidan monitoring o‘tkazildi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati N.Oxunova tomonidan DMTTlarda monitoring tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
OCHIQ BOSHQARUV XALQ MANFAATLARINING MUSTAHKAM KAFOLATI
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati E.Eshkuziyev tomonidan “Zomin tuman Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasiga deputatlik soʻrovi yuborildi.
янв.21
Deputat yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
JAMOATCHILIK MUHOKAMASIGA QO‘YILDI
янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
“KEKSALAR, NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR VA AHOLINING BOSHQA IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARI UCHUN IJTIMOIY XIZMATLAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati,doimiy komissiya raisi Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan deputatlik nazorati doirasida O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan
shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Parkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish davomida qonun ijrosining amaldagi holati,markaz tomonidan 2026-yil davomida keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati, qamrovi va samaradorligi, shuningdek, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.Shuningdek, markazning Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash bo‘limi mudiri Hayitov Jahongir bilan muloqot o‘tkazildi. Suhbat davomida deputat tomonidan quyidagi masalalar yuzasidan savollar berildi: Reabilitatsiya texnik vositalari (RTV) hamda protez-ortopediya moslamalari (POM) nogironligi bo‘lgan shaxslarga o‘z vaqtida va ehtiyoj asosida yetkazib berilishi qanday nazorat qilinmoqda? Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda uchrayotgan mavjud muammolar nimalardan iborat hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha qanday amaliy choralar ko‘rilmoqda?Mas'ul xodim tomonidan reja asosida RTV va POM vositalari fuqarolarga o‘z vaqtida yetkazib berilayotgani, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–82-son Farmonida belgilangan vazifalar asosida ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatilayotgani ma'lum qilindi.Shuningdek, markazda “Yangi kun” hamda “Erta aralashuv” xizmatlari yo‘lga qo‘yilgani, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati tashkil etilgani haqida batafsil axborot berildi.O‘rganish yakunida qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda davlat xizmatlari sifatini oshirish borasidagi o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.
  

Slide 1 of 2