Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KOTIBIYAT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH - MAHALLIY KENGASH FAOLIYATINING MUHIM ASOSI
янв.21
INSON MANFAATLARI USTUVOR - IJTIMOIY HIMOYA DAVLAT SIYOSATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” – mahalliy davlat hokimiyatini isloh qilishning yangi bosqichi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI VILOYAT (TUMAN, SHAHAR) KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI HAQIDA
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN MUNTAZAM UCHRASHUVLAR – DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Zomin tuman Kengashi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kengashi deputati hududdagi ijtimoiy xodim va xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengashi deputati tomonidan monitoring o‘tkazildi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati N.Oxunova tomonidan DMTTlarda monitoring tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
OCHIQ BOSHQARUV XALQ MANFAATLARINING MUSTAHKAM KAFOLATI
#Jarayon
#Jarayon

"Obod" mahallasida xotin-qizlar faolining 6 oylik faoliyati tahlil qilindi

📍Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Abdug'apparova hamda Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshovlar tumanidagi "Obod" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lishdi.

📌6 oylik sarhisob: erishilgan yutuqlar va natijalar

Muloqot davomida "Obod" MFY xotin-qizlar faolining joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari, erishilgan yutuqlari va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari atroflicha ko‘rib chiqildi.

📌Hisobot davrida hududda quyidagi yo‘nalishlarda sezilarli natijalarga erishilgani qayd etildi:

Bandlik va tadbirkorlik: Mahalladagi ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni hunarmandchilik, kasanachilik va tomorqa xizmatiga jalb etish hamda imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha qilingan ishlar;

Ijtimoiy daftarlar bilan ishlash: "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarga manzilli moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, ularni ro‘yxatdan chiqarish borasidagi shaffoflik;

Oilaviy munosabatlar: Mahalladagi oilaviy ajrimlarning oldini olish, notinch oilalar bilan individual ishlash hamda xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish.

📖O‘rganish jarayonida viloyat va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari xotin-qizlar faolining ish yuritish hujjatlari, murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandilar. Yarim yillik yakunlar bo‘yicha erishilgan ijobiy natijalar e’tirof etilib, mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

❗️O'rganish yakunida mahalla faolining faoliyatini yanada takomillashtirish, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollarga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Slide 1 of 2