Jumladan, “Zomin Brewery” MChJ tasarrufidagi tokzorlarda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, mavjud infratuzilma holati hamda loyihaning hudud iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasi bilan tanishildi.
O‘rganish davomida tokzorlarni parvarishlash, hosildorlikni oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.