Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.G'oibnazarov Mahallalar va ta’lim muassasalarida yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat, san’at hamda intellektual mashg‘ulotlarga keng jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yini musobaqalari kuzatilib, ishtirokchilarning bilim va tafakkur salohiyatini oshirishga xizmat qilayotgan mazkur loyihaning ahamiyati alohida e’tirof etildi.

Slide 1 of 3