Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim masala ko‘rib chiqish uchun kiritildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori hamda vakolatli tashkilotlarning qo‘shma qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi va iqtisodiyot hamda moliya bo‘limi bilan kelishilgan holda, ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan, 1-guruh nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli oila a’zosi mavjud bo‘lmagan 3 ta oilaning xonadonini energiya tejamkor qilib ta’mirlash uchun mablag‘ ajratish masalasi muhokama etiladi.

Mazkur tashabbus ehtiyojmand fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash, energiya resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.