O‘rganish davomida Yoshlar markazi binosining tom qismi yog‘ingarchilik kunlarida suv o‘tkazib yuborayotgani, natijada bino ichki qismlariga zarar yetayotganligi aniqlandi. Shuningdek, binoning tashqi old qismidagi shisha qoplamalar yaroqsiz holga kelib, foydalanish va xavfsizlik talablariga javob bermayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar binodan samarali foydalanish, yoshlar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish hamda mavjud infratuzilmani saqlab qolish maqsadida binoni qayta rekonstruksiya qilish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Shu munosabat bilan tegishli mablag‘ ajratish masalasi yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, masalani navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqish uchun zarur hujjatlar tayyorlandi.