Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KOTIBIYAT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH - MAHALLIY KENGASH FAOLIYATINING MUHIM ASOSI
янв.21
INSON MANFAATLARI USTUVOR - IJTIMOIY HIMOYA DAVLAT SIYOSATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” – mahalliy davlat hokimiyatini isloh qilishning yangi bosqichi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI VILOYAT (TUMAN, SHAHAR) KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI HAQIDA
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN MUNTAZAM UCHRASHUVLAR – DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Zomin tuman Kengashi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kengashi deputati hududdagi ijtimoiy xodim va xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengashi deputati tomonidan monitoring o‘tkazildi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati N.Oxunova tomonidan DMTTlarda monitoring tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
OCHIQ BOSHQARUV XALQ MANFAATLARINING MUSTAHKAM KAFOLATI
Mahalliy Kengashlar faoliyati sarhisob qilindi

Mahalliy Kengashlar faoliyati sarhisob qilindi

Bugun Oliy Majlis Senati Raisi tomonidan mahalliy Kengashlar raislari, doimiy komissiyalar rahbarlari hamda kotibiyat mudirlari ishtirokida mahalliy vakillik organlari faoliyatining 5 oylik yakunlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

🎥 Onlayn shaklda tashkil etilgan yig‘ilishda hududiy studiyalar orqali viloyat, tuman va shahar Kengashlari vakillari ishtirok etdi.

📊 Yig‘ilish davomida mahalliy Kengashlarning joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida amalga oshirgan ishlari tahlil qilinib, erishilgan natijalar va mavjud kamchiliklar muhokama etildi.

⚠️ Faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan hududlar alohida ko‘rsatib o‘tildi, mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

🤝 Yig‘ilishda mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini yanada oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda aholi muammolarini hal etish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 6