Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan Chorvador mahallasida kuzatilgan sel va suv toshqini holatlari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Q.O'rolov tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga yechim topish maqsadida navbatdagi qabul o‘tkazildi.
янв.21
Deputat G.Maxsudova tomonidan savolnoma asosida hududdagi yoshlarning murojaatlari o‘rganilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov hududda mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning undirilishi hamda mavjud soliq qarzdorligi holatini o‘rganmoqda.
янв.21
Zomin tumanida sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari tunu kun davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati I.Kucharov navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbarining mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati to‘g‘risidagi hisobotini har tomonlama o‘rganish maqsadida hududlarda o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati I.Kucharov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik soʻrovi yuborildi.
янв.21
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tuman Davlat soliq inspeksiyasi rahbarining hisoboti kiritilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tuman “Inson” markazi rahbarining hisoboti kiritilmoqda
Hamkorlik – aholiga huquqiy yordamni yanada yaqinlashtiradi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyat mudiri F.Xolmuratova hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman vakili R.Nurmamatov o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

❇️Mazkur hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmonining 3-bandiga muvofiq, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

📌Bugun hafta boshidan hamkorlik doirasida
— fuqarolarning murojaatlari asosida amaliy huquqiy yordam ko‘rsatish,
— ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari, yoshlar, xotin-qizlar hamda nuroniylarning huquqiy savodxonligini oshirish ishlari rejalashtirildi.

💬 Uchrashuv davomida mazkur yo‘nalishlarda tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish, masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🔹 Ushbu hamkorlik fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish va muammolarini joyida hal etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 1