Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan Chorvador mahallasida kuzatilgan sel va suv toshqini holatlari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputat G.Maxsudova tomonidan savolnoma asosida hududdagi yoshlarning murojaatlari o‘rganilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Q.O'rolov tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga yechim topish maqsadida navbatdagi qabul o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov hududda mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning undirilishi hamda mavjud soliq qarzdorligi holatini o‘rganmoqda.
янв.21
Zomin tumanida sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari tunu kun davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati I.Kucharov navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbarining mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati to‘g‘risidagi hisobotini har tomonlama o‘rganish maqsadida hududlarda o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati I.Kucharov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik soʻrovi yuborildi.
янв.21
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tuman Davlat soliq inspeksiyasi rahbarining hisoboti kiritilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tuman “Inson” markazi rahbarining hisoboti kiritilmoqda
Deputat nazorati

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari X.Akilov, N.Eshmetova, A.Ibragimov, M.Ilxomov, va tuman Kengashi deputatlari M.Raxmatillayeva, D.Islamovalar hamkorligida davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish talablariga rioya etilishi yuzasidan oʻrganish olib borildi.
Oʻrganish Shayxontohur tumanidagi 62-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida tashkil etildi. Oʻrganish jarayonida deputatlar tomonidan sanitariya normalari, oziq-ovqat tayyorlash, saqlash va yongʻin xavfsizligi hamda tibbiy yordamga rioya etilishi masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Xususan, muassasada sanitariya, dezinfeksiya va ovqat tayyorlashda kaloriya normalari talablariga rioya etilishi umumiy qoniqarli darajada darajada ekanligi maʼlum boʻldi.
Oʻrganishlar davomida bildirilgan tavsiya va takliflarni inobatga olib, sport va oʻyin zonalarini xavfsizlashtirish, personal xodimlar uchun tibbiy treninglarni tashkil etish, ota-onalarni va jamoatchilikni umumiy tekshiruvlarga jalb qilish kerakligi haqida muassasa masʼullariga tavsiyalar berildi.
Oʻrganish yakunida deputatlar tomonidan bolalar hayoti va sogʻligʻi jamiyatda eng muhum vazifa ekanligini taʼkidlab oʻtildi.

Slide 1 of 4