Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar “Inson ijtimoiy xizmatlar markazi”da bo‘lib, ijtimoiy xodimlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan farmoni ijrosi yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Tumandagi “og‘ir toifaga” kiritilgan “Obi-xayot”, “Farovon” hamda “Sh.Rashidov” mahallalarining infratuzilmasini tubdan yaxshilashga doir qaror loyihasi tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar „Jizzax suv ta’minoti” AJ Zomin tumani filiali faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova hududdagi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashib, ularning olib borayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan saylovchilardan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda batafsil o‘rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati B.Ergasheva hududda yoshlar yetakchisi hamda hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-son qarori ijrosi to'g'risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
Tumandagi “og‘ir toifaga” kiritilgan “Obi-xayot”, “Farovon” hamda “Sh.Rashidov” mahallalarining infratuzilmasini tubdan yaxshilashga doir qaror loyihasi tasdiqlandi.
Senat qarori ijrosi nazoratda: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi

Tadbirda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda shahar Kengashi huzuridagi kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiya a’zolari ishtirok etishdi.

💬Nazorat-tahlil jarayonida quyidagi jihatlarga asosiy e’tibor qaratildi:

✔️“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida belgilangan vazifalarning ijro etilish holati;

✔️Ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash borasidagi ishlar natijadorligi;

✔️Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilayotgan mablag‘larning manzilliligi va shaffofligi;

✔️Yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi.

💬O‘rganish davomida sohadagi mavjud yutuqlar bilan birga, hal etilishi lozim bo‘lgan ayrim tizimli masalalar ham muhokama qilindi. Komissiya a’zolari tomonidan soha mas’ullariga aholi bandligini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash va Senat qarorida belgilangan ustuvor vazifalarni so‘zsiz bajarish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5