Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish-har birimizning ustuvor vazifamiz
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining "Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, qurilish, kommunal sohalar, sanoat va transport" masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining "Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, qurilish, kommunal sohalar, sanoat va transport" masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Q.O'rolov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan hududda o‘rnatilgan maxsus biologik (ko'chma) hojatxonalarning holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining hisoboti yuzasidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati G.Eshamatova tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati L.Mustafakulova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan farmoni ijrosi yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati M.Azamqulova tomonidan hududda o'rganish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova va Kengash kotibiyati mudiri M.G‘oibnazarov, hudud deputati M.Egamnazarovlar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N. Qurbonova mahallada yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligi holatini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida mahallada 16–30 yosh toifasidagi jami 736 nafar yosh istiqomat qilishi, shundan 374 nafari qizlar ekani aniqlandi. Yoshlar uchun tashkil etilayotgan tadbirlar ma’lum darajada ijobiy samara berayotgan bo‘lsa-da, ayni paytda 11 nafar yoshning bandligi ta’minlanmagani ma’lum bo‘ldi.

Shu yil davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, futbol, gandbol, basketbol va voleybol sport turlari uchun sport anjomlari yetkazib berilgan, 2 nafar yoshning o‘qish kontrakt to‘lovlari qoplab berilgan.

Biroq o‘rganish jarayonida ayrim kamchiliklar ham aniqlangan. Jumladan, avtotransport haydovchilarini tayyorlash uchun subsidiya ajratilmagan, nogironligi bo‘lgan yoshlarning parasport to‘garaklariga qatnashish xarajatlari qoplanmagan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga ijara kompensatsiyasi to‘lanmagan.

Shuningdek, yoshlarning axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslari xarajatlari qoplanmagani, ta’lim, madaniyat, san’at, sport hamda IT yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi nodavlat ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmagani qayd etildi.

Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlar bandligini ta’minlashni kuchaytirish hamda davlat tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida deputat tomonidan tegishli takliflar ilgari surildi.

Slide 1 of 1