Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar “Inson ijtimoiy xizmatlar markazi”da bo‘lib, ijtimoiy xodimlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan farmoni ijrosi yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Tumandagi “og‘ir toifaga” kiritilgan “Obi-xayot”, “Farovon” hamda “Sh.Rashidov” mahallalarining infratuzilmasini tubdan yaxshilashga doir qaror loyihasi tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar „Jizzax suv ta’minoti” AJ Zomin tumani filiali faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova hududdagi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashib, ularning olib borayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan saylovchilardan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda batafsil o‘rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-son qarori ijrosi to'g'risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
Tuman Kengashi deputati B.Ergasheva hududda yoshlar yetakchisi hamda hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tumandagi “og‘ir toifaga” kiritilgan “Obi-xayot”, “Farovon” hamda “Sh.Rashidov” mahallalarining infratuzilmasini tubdan yaxshilashga doir qaror loyihasi tasdiqlandi.
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati saylovchilar oldida hisobot berildi.

Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Mustafaqulova Sohiba Amirqulovna tomonidan saylovchilar oldida hisobot berildi.

Hisobot uchrashuvi davomida deputat tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, jumladan, saylov okrugida olib borilgan o‘rganishlar, aholi murojaatlarini qabul qilish va ularni hal etish borasidagi amaliy ishlar haqida batafsil axborot taqdim etildi.Hududdagi infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.Shuningdek deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlari asosida tegishli tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari,ularning natijalari yuzasidan ham ma’lumot berildi.Uchrashuv jarayonida saylovchilar tomonidan bildirilgan takliflarini tinglanib,ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi kelishib olindi.

Slide 1 of 2