Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar “Inson ijtimoiy xizmatlar markazi”da bo‘lib, ijtimoiy xodimlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan farmoni ijrosi yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Tumandagi “og‘ir toifaga” kiritilgan “Obi-xayot”, “Farovon” hamda “Sh.Rashidov” mahallalarining infratuzilmasini tubdan yaxshilashga doir qaror loyihasi tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar „Jizzax suv ta’minoti” AJ Zomin tumani filiali faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova hududdagi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashib, ularning olib borayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan saylovchilardan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda batafsil o‘rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati B.Ergasheva hududda yoshlar yetakchisi hamda hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-son qarori ijrosi to'g'risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
Tumandagi “og‘ir toifaga” kiritilgan “Obi-xayot”, “Farovon” hamda “Sh.Rashidov” mahallalarining infratuzilmasini tubdan yaxshilashga doir qaror loyihasi tasdiqlandi.
SOLIQINGIZ EMAS SOG‘LIGINGIZ MUHIM

Davlatimiz rahbari boshchiligida 7-aprel kuni jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish yakunlari hamda ushbu jarayonda berilgan topshiriqlarning shahardagi ijrosini o‘rganish masadida xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev bugun ya’n 9-aprel kuni erta tongdan shaharning “Jingovuz” mahallasida bo‘lib, Shovot kanali yoqasida tashkil etilgan salomatlik yo‘lakchasida mahalla raisi N.Sharipova tashabbusi asosida bir guruh fuqarolar bilan ertalabki badantarbiya jarayonlarida ishtirok edi. 

P.Ro‘ziboyev ushbu jarayonda mustaqil va ozod yurtimizda hamda musaffo osmon ostida tinchlik gashtini surishdek imkoniyatlarni davomiyligini ta’minlashdagi harakatlari hamda fuqarolarimizni sog‘lom turmush tarziga da’vat etayotganligi uchun davlatimiz rahbariga qo‘l-qanot bo‘lib harakat qilishda fuqarolarga omad va zafarlar tiladi. 

Shuningdek, fuqarolarga “Kasallikni davolagandan ko‘ra oldini olgan maqul” tamoili asosida dori darmondan tiyilish va badantarbiyaga urg‘u berishga chaqirdi. 

Slide 1 of 3