Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining "Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, qurilish, kommunal sohalar, sanoat va transport" masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi
янв.21
Zomin tuman Kengashi tomonidan muhim qaror loyihasi tasdiqlandi.
янв.21
Kengash faoliyati
янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Hududda "Chiqindilar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi o'rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati I.Karimova tomonidan hududda xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish masalalariga bag'ishlangan uchrashuv o'tkazildi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova hamda Kengash kotibiyat mudiri "Ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi" Zomin tumani bo'limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati Zomin turizm va madaniy meros texnikumida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
#Zomin_tuman_Kengashi
янв.21
Maktab va maktabgacha ta'lim bo'limida Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda deputat so‘rovlariga berilayotgan javoblar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 2026-YIL APREL OYI REJA-GRAFIKI

XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 2026-YIL APREL OYI REJA-GRAFIKI

Hisobot (axborot)lar va muhokamalar

 ✍️“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i D.Ro‘ziyevning hisobotini eshitish

(Mas’ul: Agrar, qurilish, komunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

✍️Tumanda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida tuman tibbiyot birlashmasi rahbari D.Jo‘rayevning hisobotini eshitish

(Mas’ul: Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

✍️Tumanda suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi ob’ektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati bo‘yicha tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori M.Turniyazovning hisobotini eshitish

(Mas’ul: Agrar, qurilish, komunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

✍️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-47-son qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari M.Alibekovning hisobotini eshitish

(Mas’ul: Agrar, qurilish, komunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

TASHKILIY MASALALAR

1️⃣Qabul qilingan yangi qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish

(Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov)

2️⃣Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va Oliy Majlis Senatiga kiritilgan qonunlar muhokamasini tashkil etish 

(Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov)

3️⃣Kengash qarorlarini ijrochilarga yetkazilishini ta’minlash va ijrosini monitoring qilib borish

(Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov)

4️⃣Sessiyada qabul qilingan qarorlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish

(Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov)

5️⃣Deputatlik faoliyatining eng muhim yigirma to‘rtta yo‘nalishi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish

(Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov)

6️⃣Deputatlarga taqsimlangan qonunlarning joylardagi ijrosini nazorat qilishni tashkil etish

(Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov)

7️⃣Sessiyalar, doimiy komissiyalar majlislariga tayyorgarlik bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish

(Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov)

Kengash faoliyatini samarali tashkil etish yo'nalishida Kengashning doimiy komissiyalari va kotibiyat xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar.

📌Deputatlar tomonidan deputatlik odobi qoidalariga rioya etilishi holatlarini tahlil etib borish va natijalarini muhokama qilish

📌Deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlarini ko‘rib chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilishni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish

📌Kengash ish rejasining bajarilishini muhokama qilib borish

🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61576423646308)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 1