Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Qoraboyeva hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Z.Axmedova tomonidan tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Mazkur yo‘nalishda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazilib, unda mavjud holat, aniqlangan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida Toshloq tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va sifatli ovqatlanishini tashkil etish masalalari atroflicha tahlil qilinib, bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.