Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi raisi D.Begmatova tomonidan hududdagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Eng muhum yo'nalishlar
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati A.Ishnazarov tomonidan Zomin tumani IIB, YXBga deputatlik so‘rovi chiqarildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik" masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining yigʻilishi
янв.21
Tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan hududdagi “Oilaviy shifokorlik punkti”da O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
янв.21
Chorvador MFY Kultepa qishlog‘ida joylashgan “G'orbobo” ziyoratgohi va hududdagi madaniy meros yodgorliklari holati o‘rganildi.
янв.21
Chorvador MFYda xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash ishlari hamda “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonunining hududdagi ijrosi tahlil qilindi
янв.21
Deputat nazorati
Deputat faoliyatidan

 Uvak mahallasida infratuzilma, farovonlik va yoshlar bandligi — ustuvor vazifa 

Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashiga
23-Uvak saylov okrugidan saylangan deputat Djasur Xaytaliev tomonidan tuman Kengashi
kotibiyati mutasaddilari bilan hamkorlikda Uvak mahalla fuqarolar yig‘ini hududida
aholi turmush sharoitini yaxshilash, zamonaviy infratuzilmani joriy etish va “Yangi
O‘zbekiston” qiyofasini shakllantirishga qaratilgan keng qamrovli o‘rganish ishlari
amalga oshirildi.
 

O‘rganishlar davomida mahalladagi mavjud muammolar
va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar atroflicha tahlil qilindi. Jumladan,
markaziy va ichki yo‘llar holati o‘rganilib, ayrim hududlarda ta’mirlash ishlari
samarali amalga oshirilgani qayd etildi. Bu esa nafaqat transport harakatini yengillashtirish,
balki aholining kundalik hayotida qulaylik yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
 

Chekka ko‘chalarda joylashgan xonadonlarni
ichimlik va oqava suv bilan ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Hozirgi kunda ushbu yo‘nalishda transheya quvur yo‘llari tayyorlanib, quvur tortish
ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Bu esa uzoq yillar davomida aholini qiynab
kelgan muammolarning bosqichma-bosqich hal etilayotganidan dalolat beradi.
 

Shuningdek, mahalla ichki ko‘chalarining holati,
tungi yoritish tizimi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar hamda yo‘l-transport
hodisalari ko‘p kuzatiladigan nuqtalar tahlil qilinib, mazkur masalalar yuzasidan
aholi bilan ochiq muloqot va tushuntirish ishlari olib borildi. Targ‘ibot tadbirlari
orqali fuqarolarning yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirishga
alohida urg‘u berildi.
 

O‘rganish jarayonida yoshlar siyosati va ularning
bandligini ta’minlash masalasi ham e’tibor markazida bo‘ldi. Xususan, mahalladagi
6-sonli umumta’lim maktabi binosida tashkil etilgan tikuvchilik to‘garagi faoliyati
bilan yaqindan tanishildi. Ushbu to‘garakda xotin-qizlar uchun amaliy mashg‘ulotlar
tashkil etilib, malakali mutaxassislar tomonidan ularga zamonaviy kasb-hunar sirlari
o‘rgatilmoqda. Bu esa aholining ayniqsa xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni
tadbirkorlikka jalb etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
 

Shu bilan birga, yoshlar yetakchisi tomonidan
amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish,
ularni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi tashabbuslar ham ijobiy baholandi.
Xalq vakili Djasur Xaytaliev va tuman Kengashi kotibiyati
mutasaddilari tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari mahalladagi muammolarni
aniqlash, ularni manzilli hal etish va aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat
qilmoqda. Bu kabi amaliy yondashuvlar esa hududlarda “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasini
hayotga izchil tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 

Slide 1 of 6