Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan hududdagi “Oilaviy shifokorlik punkti”da O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
янв.21
Chorvador MFY Kultepa qishlog‘ida joylashgan “G'orbobo” ziyoratgohi va hududdagi madaniy meros yodgorliklari holati o‘rganildi.
янв.21
Chorvador MFYda xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash ishlari hamda “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonunining hududdagi ijrosi tahlil qilindi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Tuman Kengashi deputati Kultepa qishlog‘ida Oilaviy shifokorlik punkti faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Chorvador mahallasida amaliy o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi chiqarildi.
янв.21
Deputat nazorati: Ichimlik suvi ta’minoti tizimi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat nazorati: markaziy sayilgohdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
Samarqand shahar 17-umumta'lim maktabida yoshlar bilan mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahar Kengashi deputati Boltaeva Dilbar Olimovna 17-maktabda tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning bugungi kundagi ta’lim jarayoni, ularning qiziqishlari, orzu-maqsadlari hamda kelajak rejalari haqida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Deputat yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy bilim va kasb-hunarga yo‘naltirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, deputatdan batafsil javoblar oldilar. Tadbir iliq va samimiy ruhda o‘tib, yoshlar uchun foydali va motivatsion bo‘ldi.

Slide 1 of 1