🔹Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati B.Jo‘rayev tomonidan mahalla ichki ko‘cha yo‘llari hamda ko‘chalarning tungi yoritilish holati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida hududdagi mavjud yo‘llarning texnik holati, ularning ta’mirtalab yoki yaroqli ekanligi, shuningdek, fuqarolar harakati uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi.
🔹Shu bilan birga, ko‘chalarning tungi yoritilish darajasi ham ko‘zdan kechirilib, mavjud yoritish moslamalarining ishlash holati, ayrim hududlarda yorug‘lik yetishmasligi yoki umuman yo‘qligi aniqlandi. Bu esa, o‘z navbatida, aholi xavfsizligi hamda qulay harakatlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi.