Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov ochdi va olib bordi.
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi doirasida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda profilaktik ishlarni kuchaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, deputatlar tomonidan mavjud muammolar muhokama qilinib, tizim samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.