Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi tumandagi ko‘prik qurilishini nazorat qildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ustidan deputatlik nazorati olib borildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-sonli “2025–2027-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 4P23J “M39 avtomobil yo‘lidan Sherobod shahriga kirish” avtomobil yo‘lining 0–6 km qismini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, jumladan, Sherobod kanali ustidan qayta qurilayotgan ko‘prikdagi jarayonlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda loyiha asosida amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.