Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi deputatlari Yoshlar ishlari agentligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi
янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Hududlarda aholi farovonligini ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish maqsadida qaysi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratish zarur
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputatlik so‘rovi asosida muammo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat soʻrovi
янв.21
Zomin milliy tabiat bog‘i hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda ekilgan daraxt ko‘chatlarining holatini baholash maqsadida keng qamrovli monitoring tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan Baxt mahalla fuqarolar yig‘ini aholisidan kelib tushgan murojaatlar asosida tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga chiqarilgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Beruniy mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Qaror ijrosi o`rganildi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-316-sonli qarori ijrosini o‘rganish maqsadida, O‘zXDP deputatik guruhi a’zolari va tashkilot mas`ul xodimlari Bog‘ishamol mahallasida joylashgan 17-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida:

bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar,

ta’lim-tarbiya jarayonining sifati,

moddiy-texnik baza holati,

sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi,

ajratilgan subsidiya va imtiyozlardan samarali foydalanish darajasi,

hamda belgilangan talab va mezonlarga muvofiqligi holatini tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.

Mazkur o‘rganishlar Prezident qarorida belgilangan vazifalarning joylarda izchil amalga oshirilishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3