Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan hududdagi “Oilaviy shifokorlik punkti”da O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
янв.21
Chorvador MFY Kultepa qishlog‘ida joylashgan “G'orbobo” ziyoratgohi va hududdagi madaniy meros yodgorliklari holati o‘rganildi.
янв.21
Chorvador MFYda xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash ishlari hamda “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonunining hududdagi ijrosi tahlil qilindi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Tuman Kengashi deputati Kultepa qishlog‘ida Oilaviy shifokorlik punkti faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Chorvador mahallasida amaliy o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi chiqarildi.
янв.21
Deputat nazorati: Ichimlik suvi ta’minoti tizimi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat nazorati: markaziy sayilgohdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
Chinoz tumanida ichimlik va oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish loyihasi ijrosi o‘rganildi

Mazkur qarorga muvofiq, Osiyo Taraqqiyot Banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish (3-bosqich)” loyihasi doirasida Chinoz tumanida olib borilayotgan ishlarning bugungi holati tahlil qilindi. Xususan, qarorning 4-ilovasi 5-bandida belgilangan topshiriqlar ijrosi, qurilish ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar yuzasidan mas’ul mutasaddilar bilan joyida muloqot o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ishlarni jadallashtirish, sifat va samaradorlikni oshirish hamda loyihaning belgilangan muddatlarda to‘liq yakunlanishini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Mazkur loyiha hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholini toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash va turmush farovonligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 4