Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi raisi D.Begmatova tomonidan hududdagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Eng muhum yo'nalishlar
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati A.Ishnazarov tomonidan Zomin tumani IIB, YXBga deputatlik so‘rovi chiqarildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik" masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining yigʻilishi
янв.21
Tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan hududdagi “Oilaviy shifokorlik punkti”da O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
янв.21
Chorvador MFY Kultepa qishlog‘ida joylashgan “G'orbobo” ziyoratgohi va hududdagi madaniy meros yodgorliklari holati o‘rganildi.
янв.21
Chorvador MFYda xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash ishlari hamda “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonunining hududdagi ijrosi tahlil qilindi
янв.21
Deputat nazorati
Deputat yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Kushkarbekov “Sarjal” ovul fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda tashabbuslar samaradorligini o‘rgandi.

Ma’lum qilinishicha, “Sarjal” ovul fuqarolar yig‘ini hududida 14–30 yosh toifasida jami 365 nafar yoshlar mavjud. Ularning qiziqishlari asosida ishlash, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan tizimli ishlarni tashkil etish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, 2026-yilning o‘tgan davri mobaynida “Kambag‘al oila” reyestrida turgan 1 nafar yoshning safarbarlik chaqiruv rezervi xarajatlari qoplab berilgan.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 424 nafar yosh turli sport va madaniy yo‘nalishlardagi musobaqa hamda tanlovlarga ro‘yxatdan o‘tkazilib, 2026-yilgi mavsumga tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Deputat tomonidan o‘rganish davomida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ham berildi.

Slide 1 of 2