Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputatlik so‘rovi asosida muammo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat soʻrovi
янв.21
Zomin milliy tabiat bog‘i hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda ekilgan daraxt ko‘chatlarining holatini baholash maqsadida keng qamrovli monitoring tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan Baxt mahalla fuqarolar yig‘ini aholisidan kelib tushgan murojaatlar asosida tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga chiqarilgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Beruniy mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Zomin tumani Paxtakor mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlashtirilmoqda
янв.21
Zomin davlat qo‘riqxonasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Mahallalarda obodonlashtirish va aholi bandligi masalalari o‘rganilmoqda
янв.21
Mahallalarda obodonlashtirish va tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda
Mahalliy byudjet va iqtisodiy masalalar doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashining Mahalliy byudjet va iqtisodiy masalalar doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-son “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi hamda 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarorlariga asosan 2026-yil “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiya tarkibini tasdiqlash hamda 2026-yil 1-yanvar holatiga tuman mahalliy budjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan foydalanish va mablag‘lar ajratish masalalari muhokama etildi.

Yig‘ilishda tuman moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari U. Maxmanazarov ishtirok etib, masala yuzasidan ma’lumot berdi. Muhokama yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 2