Toshrabot mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi J.Ashurovning ish faoliyati 11-Toshrabot saylov okrugi deputati M.Umurova tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, yoshlarning muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratdi.
Yoshlar yetakchisi tomonidan mahallada uyushmagan yoshlar bilan amalga oshirilagan ishlarni tahlil qilib, deputat nazoratiga oldi.
Shu bilan birga, ish faoliyatidagi ayrim kamchiliklar ham muhokama qilindi. Ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.