✍️ Kun tartibidagi masala:
Olmaliq shahar mahalliy budjetining 2026-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag'laridan foydalanish to'g'risidagi masala atroflicha muhokama qilindi.
📊Mazkur masala yuzasidan Olmaliq shahar moliya va iqtisodiyot bo'limi o'rinbosari Sh.Abdiyev hamda Olmaliq shahar 2-sonli texnikumi direktori S.Mirzakarimovaning hisoboti tinglandi.
✅Doimiy komissiya a’zolari tomonidan hisobot va takliflar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Ma’lumot uchun: Doimiy komissiyalar tomonidan qabul qilingan xulosalar va takliflar Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi ko‘zda tutilgan.